Bugun 10 sentyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Angrendagi YTH sodir bo‘ldi. Qurbonlar borligi aytilmoqda

Angrendagi YTH sodir bo‘ldi. Qurbonlar borligi aytilmoqda

Qamchiq dovonidan Toshkent viloyatining Angren shahriga kirib kelish joyida bir necha avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda hodisa neft ortilgan maxsus yuk mashinasi va sement ortilgan yuk mashinasi, shuningdek, bir nechta yengil avtomobillar ishtirokida sodir bo‘lganini, avtomobillar yonayotganini ko‘rish mumkin.

Toshkent viloyati IIBBning ma’lum qizilshira, Bugun, 7 sentyabr soat 12:20 larda Toshkent viloyati Angren shahri hududidan o‘tgan A-373 «Toshkent-O‘sh» Xalqaro avtomobil yo‘lida bir nechta transport vositalari ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Jarayon Toshkent viloyati IIBB va boshqa mas’ul tashkilotlar tomonidan to‘liq nazoratga olingan.

Kiritildi: 16:10 07.09.2025. O'qildi: 1189 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!