Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

FVV tomonidan 9 nafar inson hayoti saqlab qolindi

FVV tomonidan 9 nafar inson hayoti saqlab qolindi

Kecha, 8 iyul soat 16:47 da Buxoro viloyati, Buxoro shahar “A.G‘ijduvoniy” MFY, B.Naqshband ko‘chasidagi ko‘p qavatli uyning yerto‘lasida yong‘in ro‘y berganligi to‘g‘risida FVBga xabar qilingan.

Shunga ko‘ra 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 16:51 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 17:03 da to‘liq o‘chirilgan.

Ma’lum bo‘lishicha yerto‘lada taxminan 20 kv.m maydonda chiqindilar yongan.

Yong‘in natijasida ko‘p qavatli uyning kirish eshigi va yo‘laklari yong‘in tutuni bilan qoplanganligi sababli 1-2-3-qavatlardagi xonadonlardan 9 nafar fuqaro FVV qutqaruvchilari tomonidan zudlik bilan evakuasiya qilinib, birinchi yordam ko‘rsatilgan.

Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

Yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarari aniqlanmoqda.

Kiritildi: 09:45 09.07.2025. O'qildi: 689 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!