Asli kelib chiqishi tojikistonlik bo‘lgan mashhur bloger va qo‘shiqchi Abduroziq o‘g‘irlikda gumon qilinib, Dubay xalqaro aeroportida ushlandi.
Ma’lum bo‘lishicha, 21 yoshli Abduroziq erta tongda Chernogoriyadan yetib kelgan.
Mahalliy OAV xabariga ko‘ra, ijtimoiy tarmoq yulduzi o‘g‘rilikda gumonlanmoqda. Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Rasmiy idoralar hozircha bu hodisaga izoh bermagan va ish tafsilotlarini oshkor qilmagan. Shunday bo‘lsa-da, bu xabar uning muxlislari orasida kuchli aks-sadoga sabab bo‘ldi.
So‘nggi uch yil davomida bloger Dubayda "oltin viza" asosida yashagan.
2024 yilda Abduroziq Dubaydagi Coca-Cola Arenada boks ringida ilk bor chiqish qildi, shuningdek, Buyuk Britaniyada "Habibi" nomli restoran brendini ochdi.
Ta’kidlash joizki, bu uning huquq-tartibot idoralari bilan birinchi muloqoti emas. U Hindiston huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan mehmonxona biznesi bilan bog‘liq ehtimoliy pul yuvish ishi bo‘yicha tergov doirasida so‘roqqa tortilgan. Biroq, o‘sha paytda Abduroziq ayblanuvchi sifatida ko‘rilmagan edi.
Internet foydalanuvchilari uning qo‘lga olinishiga aynan nima sabab bo‘lganini taxmin qilishmoqda va vaziyatga tezroq oydinlik kiritilishiga umid bildirishmoqda.