Klubda FIFA taqiqi bor.
Namanganning "Navbahor" klubiga FIFA taqiqi qo‘yilgan. 27 may kuni FIFA klubga nisbatan sanksiya qo‘llagan. "Navbahor" vaziyatni o‘nglamaydigan bo‘lsa, ikkinchi davra oralig‘ida yangi futbolilarni ro‘yxatdan o‘tkaza olmaydi. Bu haqda jurnalist Narzulla Saydullayev o‘z telegram kanalida xabar berdi.
"Navbahor" muxlislari juda ko‘p so‘rashmoqda. Klub yozda kimlarni olmoqchi deb.
Mendagi ma’lumotga ko‘ra, "Navbahor"da FIFAdan transfer taqiqi bor. Bu taqiq 27 may kuni qo‘yilgan va 3 ta transfer oynasiga amal qiladi.
FIFA kimning arizasiga ko‘ra bu taqiqni qo‘ygani menga ma’lum emas", - deb yozadi Narzulla Saydullayev o‘z kanalida.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda yozgi transfer oynasi 30 iyul kuni yopiladi.