"Biz bu bayonot ortida nima turganini tushunmoqchimiz - 50 kun. Oldin 24 soat ham deyildi, 100 kun ham deyildi. Biz bularning hammasidan o‘tdik va AQSh prezidentini aslida qanday sabablar bunga undayotganini tushunishni istaymiz", - dedi Sergey Lavrov.
Lavrovning boshqa bayonotlari:
▪️Rossiya sanksiyalarga dosh berayapti va hamkorlari o‘z savdo majburiyatlaridan voz kechadi dey o‘ylamaydi.
▪️Tramp Yevropa Ittifoqi va NATO tomonidan kuchli bosim ostida. Ular esa Zelenskiyni qurollantirish tarafdori.
▪️EI AQShni Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar domiga tortishga harakat qilmoqda, ammo ulardan faqat o‘zlari zarar ko‘radi.
▪️AQSh Istanbul muzokaralarida Rossiya pozisiyasini juda yaxshi biladi; bu format hali tugamagan.
▪️Kiyevning "Istanbul muzokaralari tugagani" haqidagi bayonotlari Ukrainaning muzokaraga tayyor emasligini ko‘rsatadi.
▪️Agar Ukraina muzokaralar 3-raundi sanasini belgilashga rozi bo‘lganida, ehtimol Tramp kelishuv uchun 50 emas, 30 kun haqida gapirgan bo‘lardi.
Dushanba kuni AQSh prezidenti ultimatum shaklida Moskvaga tinchlik bitimini imzolash uchun 50 kun muddat e’lon qilgan edi. Aks holda Rossiyaga 100% import boji, Rossiya hamkorlariga ham bojlar va’da bergan edi.