Donald Tramp 2025 yilgi klublar o‘rtasidagi jahon chempionati medali va kubogini "o‘g‘irladi". Bu haqda The Guardian nashri xabar bermoqda.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, mukofotlash marosimida Tramp FIFA prezidentining ruxsati bilan oltin medalni cho‘ntagiga solib, kubokni ham olib ketgan. Chempionlikni qo‘lga kiritgan "Chelsi" klubiga faqat kubokning nusxasi topshirilgan.
Tramp aytishicha, kubokning asl nusxasi undan abadiy qoladi va Oq uyda saqlanadi.