Bugun 14 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Cobalt narxi Rossiyada qancha?

Cobalt narxi Rossiyada qancha?

Rossiya ikkilamchi bozorida O‘zbekistonda yig‘ilgan Chevrolet Cobalt (ushbu model Ravon R4 nomi ostida sotilmoqda) mashinasining ishonchlisini topish mumkin, dedi «Za Rulyom» jurnalining avtoeksperti Sergey Zinovyev.

Modelning kuzovi uzunligi — 4479 mm, klirensi — 155 mm. Yukxonasi sig‘imi — 563 l.

«Agregatlar jamlanmasi «Jentra»niki kabi: motori — B15D2 1.5 (107 ot kuchi), avtomat yoki mexanika. To‘g‘ri, ayrim farqlari bor... 156 ming kmdan so‘ng jiddiy reviziya o‘tkazdik: barcha asosiy komponentlar, jumladan dvigatel, yaxshi texnik holatda», — dedi ekspert.

Zinovyevning aytishicha, model (Ravon R4) 2011 yildan 2023 yilgacha ishlab chiqarilgan. Ikkilamchi bozorda bu avtomobillar 300 ming rubldan 1,5 mln rublgacha (3 800 dollardan 19 000 dollargacha) sotilmoqda.

Kiritildi: Bugun 16:02. O'qildi: 2334 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!