Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
"Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh yetakchisi Donald Trampning tahdidlariga qaramay, G‘arb uning tinchlik bo‘yicha shartlariga rozi bo‘lmaguncha urushni davom ettirish niyatida", deya xabar bermoqda agentlik Kremlga yaqin manbalariga tayanib.
Ularning aytishicha, Rossiya qo‘shinlari oldinga siljigan sari Putinning Ukrainaga nisbatan hududiy talablari ham ortishi mumkin.
Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, Putin Rossiya iqtisodiyoti va qurolli kuchlarini G‘arbning istalgan qo‘shimcha choralariga qarshi tura oladi, deb hisoblaydi. Putin, shuningdek, AQSh tomonidan Rossiya neftini xarid qiluvchilarga nisbatan joriy qilinishi mumkin bo‘lgan boj stavkalari kabi iqtisodiy qiyinchiliklarga Rossiya dosh bera olishiga ishonadi.
"Putinning fikricha, hech kim, jumladan amerikaliklar ham, u bilan Ukraina bo‘yicha tinchlik shartlarini jiddiy muhokama qilmagan. Shuning uchun u o‘z maqsadiga erishmaguncha urushni davom ettiradi", — dedi Reuters manbalaridan biri.
Uning aytishicha, Putin Tramp bilan munosabatlarni qadrlaydi, biroq Rossiya manfaatlarini hammasidan ustun deb hisoblaydi.