Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

“Strong Cities” MCHJ rahbari qamoqqa olindi.

“Strong Cities” MCHJ rahbari qamoqqa olindi.

Qurilish vazirligidan so‘ng Toshkent shahar IIBB ham vaziyatga oydinlik kiritdi.

Poytaxt IIBB ma’lum qilishicha, fuqaro T.N. va uning sheriklari 2021 yil 11 avgust kuni “Strong Cities” MCHJni tashkil etib, zarur me’yoriy hujjatlarsiz va tegishli ro‘yxatdan o‘tmasdan faoliyat yuritgan.

Ular Olmazor tumanidagi yer uchastkasini ko‘p qavatli uy qurish uchun taklif qilib, fuqarolarni uy sotib olishga ishontirgan. Ya’ni, qurilayotgan uy uchun bankda maxsus hisob raqami ochmasdan, 2023–2024 yillar davomida fuqarolar bilan shartnomalar tuzib, ulardan katta miqdorda pul olgan.

Holat yuzasidan fuqarolarning juda ko‘p miqdordagi mablag‘ini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritish bo‘yicha Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Gumonlanuvchi T.N. qamoqqa olingan, tergov ishlari esa davom etmoqda.

Kiritildi: 23:15 15.07.2025. O'qildi: 743 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!