Abbosbek Fayzullayev Turkiyaga o‘tishga yaqin turibdi.
"Perviy sport" telegram-kanali xabariga ko‘ra, "Istanbul Bashakshexir" 21 yoshli hujumchining transferi bo‘yicha SSKA bilan faol muzokaralar olib bormoqda. Istanbul klubi bir transhda 7,5 million yevro to‘lashga tayyor, kelishuvga bonuslar ham kiritilishi mumkin.
Fayzullayev o‘tgan mavsumda 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Futbolchining "harbiylar" bilan shartnomasi keyingi yilgacha amal qiladi.