Bugun 26 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Valiahd malika endi leytenantga aylandi

Valiahd malika endi leytenantga aylandi

Shvesiya valiahd malikasi Viktoriya maxsus ofiserlik tayyorgarligini yakunladi va endi rasman kichik leytenant harbiy unvoniga ega, deb xabar berdi Shvesiya Qurolli kuchlari.

Malikaning harbiy karyerasi 2024 yilning bahorida Stokgolm amfibiya polkida boshlang‘ich tayyorgarlikdan o‘tishdan boshlangan. Bu asosan uning 2003 yilgi askarlik xizmatini takrorlash edi. Kuzda Viktoriya oliy ma’lumotlilar uchun moslashtirilgan intensiv ofiserlik kursini boshladi.

Mashg‘ulotlar Yevropada harbiy keskinlikning kuchayishi va keng ko‘lamli militarizasiya fonida o‘tkazildi.

"Ta’lim men kutganimdan ancha mazmunli bo‘ldi. Lekin u hozirgi murakkab xalqaro vaziyatda g‘oyat foydali va muhim edi. Bu menga dunyoda sodir bo‘layotgan voqealarga yangicha qarash imkonini berdi," - deya tan oldi Viktoriya.

Endi valiahd malika Shvesiya Qurolli Kuchlarida professional yoki zaxira zobiti sifatida xizmat qilish huquqiga ega.

Boshqalarni harbiy xizmatga ilhomlantirishga umid qilasizmi, degan savolga Viktoriya shunday javob berdi: "Ehtimol, hech bo‘lmaganda, biroz kattaroq bo‘lsangiz ham, boshlash uchun hech qachon kech emasligini ko‘rsatish uchun."

Kiritildi: 06:32 25.05.2025. O'qildi: 740 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!