"Isroilni qo‘llab-quvvatlash Germaniyaning davlat doktrinasining bir qismi (Staatsräson) bo‘lsa-da, bu “hamma narsani oqlaydigan sabab” bo‘la olmaydi", — dedi Germaniya federal hukumati huzuridagi antisemitizmga qarshi kurash bo‘yicha vakil Feliks Klyayn FAZ gazetasi bilan suhbatda.
"Biz Isroil va dunyo bo‘ylab yahudiylar xavfsizligini ta’minlash uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilishimiz kerak. Ammo shu bilan birga, bu har qanday harakatni oqlamaydi, degan fikrni ham aniq bildirishimiz lozim.
Falastinliklarning ochligi va atayin yuzaga keltirilayotgan og‘ir gumanitar vaziyat Isroilning mavjudlik huquqini himoya qilish bilan hech qanday aloqaga ega emas. Bu Germaniyaning davlat doktrinasi bo‘la olmaydi", — deya ta’kidladi Klyayn.
Germaniya hukumati vakilining so‘zlariga ko‘ra, Isroilning harakatlarini keskin tanqid qilish va ularning xalqaro huquqqa muvofiqligini aniqlaahtirish antisemitizm emas.
"Shu bilan birga, Isroil HAMASning “genodsid nafrati”dan o‘zini himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. Shu bilan birga, G‘azo sektoridagi vaziyatni “genosid” deb atash muammoli, chunki bu “falestinliklar etnik sabablarga ko‘ra ataylab o‘ldirilmoqda” degan ma’noni beradi. Bu to‘g‘ri emas", — dedi rasmiy.
Uning ta’kidlashicha, Isroil armiyasining maqsadi — HAMASga qarshi kurashish, ular esa o‘z xalqini jonli qalqon sifatida foydalanmoqda.
Klyaynning so‘zlariga ko‘ra, G‘azo sektoridagi gumanitar vaziyat “falokatli”. Isroil hukumati a’zolari gumanitar yuklar va tibbiy yordam ko‘rsatish zarurligini shubha ostiga olayotgani esa qabul qilib bo‘lmaydigan holat.
"Isroil — demokratik davlat va xalqaro huquqqa rioya etishi shart. Germaniya bunga eslatma berishi mumkin va shunday qilishga majbur", — deya qo‘shimcha qildi u.