Zo‘ravonlik dunyoning deyarli barcha mintaqalariga tarqaldi: 2024 yilning o‘zida 50 mamlakatda kamida 56 ta qurolli to‘qnashuvlar qayd etilgan. Bu Ikkinchi jahon urushi tugaganidan beri eng yuqori ko‘rsatkichlardan biridir.
Ushbu ma’lumotlar The Telegraph tomonidan ACLED tadqiqotiga tayangan holda e’lon qilingan va Global Peace Index va Uppsala Conflict Data Program dasturi mutaxassislari tomonidan ham tasdiqlangan.
Bugungi kunda dunyoda har olti kishidan biri mojaro zonasida yashashi taxmin qilinmoqda. So‘nggi to‘rt yil ichida qurbonlar soni bir milliondan oshdi, bu avvalgi o‘n yillik (2010-2019)dagidan ko‘p.
O‘limlarning ko‘payishiga asosiy hissa qo‘shgan uchta yirik urush : Myanmadagi to‘ntarish, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi va G‘azoda davom etayotgan Isroil kampaniyasi.