O‘zbekistonda 2024 yilda 100 264 ta xonadon aholiga topshirilgani ma’lum qilindi.
Xabarga ko‘ra, 2024 yilda 2 044 ta ko‘p kvartirali uy foydalanishga topshirilib, jami 100 264 ta xonadon aholiga topshirildi. 2022–2024 yillar davomida jami 4 920 ta ko‘p kvartirali uy qurilib, ularda 221 mingdan ortiq xonadon aholiga topshirilgan.
Yillik ko‘rsatkichlar quyidagicha:
Ta’kidlanishicha, nogironligi bo‘lgan shaxslar, yetim bolalar va kam ta’minlangan oilalar uchun mo‘ljallangan ijtimoiy ahamiyatga ega uy-joylar soni ham ortib bormoqda.
Shuningdek, “Yangi O‘zbekiston” massivlarida olib borilayotgan qurilish ishlari ham izchil davom ettirilmoqda. 2025 yilga kelib bunday massivlar soni 29 tadan 56 taga yetkazilgan. Ayni paytda ushbu massivlarda 890 ta uy qurilib, 31 692 ta xonadon foydalanishga topshirilgan.