Bundan jismoniy shaxslarning o‘z ehtiyojlari, shu jumladan, tomorqa yer uchastkalarini sug‘orish uchun suvdan umumiy foydalanishi mustasno.
Ayrim qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga ko‘ra, yerosti suvli qatlamlaridan olinadigan suvdan foydalanish va suv iste’moli qoidalarini, yerosti suvli qatlamlaridan suv olish limitlarini buzish, yerosti suvlaridan o‘zboshimchalik bilan suv olish, yerosti suvlariga ququdni qonunga xilof ravishda burg‘ilash:
Bundan jismoniy shaxslarning o‘z ehtiyojlari, shu jumladan, tomorqa yer uchastkalarini sug‘orish uchun suvdan umumiy foydalanishi mustasno.
Soliq kodeksiga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, yerosti suv manbalaridan suv o‘lchash uskunalarisiz suv olinganda, soliq stavkasi belgilangan soliq stavkalarining 5 baravari miqdorida belgilanadi.
Bunda mazkur qoida jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy va xo‘jalik ehtiyojlari uchun sutkasiga 5 metr/kubgacha bo‘lgan hajmda yerosti suvlarini yakka tartibda olish hollariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Bu o‘zgarish qonun e’lon qilinganidan 3 oy o‘tgach amalga kiritiladi.