Prezident farmoniga ko’ra, 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab ta’limning sirtqi shakliga qabul tugatildi.
🔹 mazkur talab davlat oliygohlari uchun ham, nodavlat (xususiy) oliygohlar uchun ham birdek amal qiladi;
🔹 bunda sirtqi ta’limga qabul barcha yo‘nalishlarda tugatiladi;
🔹hozir o‘qiyotgan yuqori bosqich talabalari o‘qishini sirtqida davom ettiraveradi;
🔹 sirtqining o‘rniga kunduzgi ta’limdan boshqa muqobil ta’lim shakllari bo‘yicha qabul kvotalari bosqichma-bosqich oshirib boriladi. Bu ko‘proq masofaviy ta’lim shakli bo‘lishi mumkin. Shuningdek, maqbullashtirilgan kunduzgi ta’lim shakli (part-time education) bo‘yicha o‘qitishga ruxsat beriladi;
🔹 oliygohlarda muqobil ta’lim shakllari bo‘yicha umumiy qabul kvotasini kunduzgi ta’lim shakli qabul natijasining 50 foizidan oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi;
🔹 magistratura bosqichida muqobil ta’lim shaklida o‘qitishga ruxsat beriladi.