Bugun 8 may, 2025 yil, payshanba

КИР

9 may kuni Moskvadagi G‘alaba paradida 29 ta mamlakat yetakchilari ishtirok etadi — Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov

9 may kuni Moskvadagi G‘alaba paradida 29 ta mamlakat yetakchilari ishtirok etadi — Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov

"Ko‘plab xorijiy mehmonlar taklif etilgan va biz G‘alaba paradida 29 nafar davlat yetakchisining ishtirok etishini kutyapmiz", — dedi Ushakov.

Ma’lumotlarga ko‘ra, paradda Ozarboyjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston, Abxaziya, Serb Respublikasi (Bosniya va Gersegovina tarkibidagi avtonomiya) , Braziliya, Burkina-Faso, Venesuela, Vyetnam, Gvineya-Bisau, Misr, Zimbabve, Xitoy, Kongo, Kuba, Laos, Mo‘g‘uliston, Myanma, Falastin, Serbiya, Slovakiya, Ekvatorial Gvineya, Efiopiya va Janubiy Osetiya davlat rahbarlari qatnashadi.

Shuningdek, Rossiya prezidenti yordamchisining aytishicha, 9 may kuni Moskvadagi Qizil maydonda bo‘lib o‘tadigan harbiy paradda 13 ta mamlakat harbiylari ishtirok etadi.

"Paradda Ozarbayjon, Vyetnam, Belarus, Misr, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Laos, Mo‘g‘uliston, Myanma, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston harbiylari qatnashadi", — deya ma’lum qildi Ushakov.

Kiritildi: 20:42 06.05.2025. O'qildi: 981 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!