Viloyat YHXB xabar berishicha, Unga ko‘ra, holat 5 may kuni soat 16:00 larda Farg‘ona tumani Farg‘ona—Vodil—Hamzaobod avtomobil yo‘lining 14-kilometrida sodir bo‘lgan.
2000 yilda tug‘ilgan haydovchi Nexia-3 mashinasini boshqarib ketayotib, quvib o‘tish qoidasini buzib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib harakatlangan.
Natijada, o‘z yo‘nalishida kelayotgan, 1960 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi Tico bilan to‘qnashgan.
Yo‘l-transport hodisasi natijada Tico haydovchisi vafot etgan. Shuningdek, ikki nafar yo‘lovchilari tibbiy yordam ko‘rsatish uchun shifoxonaga yuborilgan.