So‘nggi yillarda O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jadal rivojlanib, OTMlar soni 77 tadan 203 taga yetdi, talabalarni qamrab olish darajasi esa 9% dan 42% ga oshdi. Ammo aholi tomonidan bir vaqtning o‘zida ikki OTMda tahsil olish imkoniyati cheklangani yuzasidan murojaatlar ko‘paymoqda.
Senator Baxrom Abdullayev bu borada rasmiy tushuntirish so‘rab, Oliy ta’lim vaziriga so‘rov yo‘lladi. Unda amaldagi hujjatlar (393-son qaror va HEMIS tizimi) yoshlarning bir nechta ta’lim yo‘nalishida tahsil olish imkoniyatini cheklayotgani ta’kidlangan.
Shu bilan birga, xorijiy mamlakatlarda bunday cheklovlar yo‘qligi va talabalar bir vaqtda bir nechta diplom olishi mumkinligi qayd etilgan.