Bugun 7 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Saudiya nashri: O‘zbekiston Fransiya va AQShdan aviasiya flotini kengaytirish bo‘yicha yirik kelishuvlar qildi

Saudiya nashri: O‘zbekiston Fransiya va AQShdan aviasiya flotini kengaytirish bo‘yicha yirik kelishuvlar qildi

Saudiya Arabistonining Al Harir gazetasida "Sayyohlarni jalb qilish uchun O‘zbekiston aviaparki o‘nlab zamonaviy samolyotlar bilan to‘ldiriladi" sarlavhali maqola e’lon qilindi. Bu haqda Kunuz xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston prezidenti raisligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda mamlakatda sayyohlar oqimini ko‘paytirish maqsadida havo flotini kengaytirish bo‘yicha keng ko‘lamli rejalar ko‘rib chiqildi. Unda Fransiyaga tashrifda 14 ta yangi zamonaviy Airbus samolyotini xarid qilish, yana 5 tasini ijaraga olishga kelishilgani, Boeing kompaniyasi bilan 12 ta samolyot olib kelish bo‘yicha muzokara boshlangani ta’kidlandi.

"Mutasaddi vazirlik va idoralarga bu imkoniyatdan unumli foydalanib, qayerga nechta reys qo‘yish va qancha sayyoh olib kelishni hozirdan hisob-kitob qilish topshirildi, deb yozilgan nashrda.

Nashr shu yil yanvar oyida Uzbekistan Airways milliy aviakompaniyasi rahbari Shuhrat Xudoyqulov 2 milliard dollarga 14 ta uzoq masofaga uchadigan Boeing 787-8 Dreamliner samolyotini sotib olish rejasini ma’lum qilgani haqida yozgan.

"2022 yil noyabr oyida O‘zbekiston umumiy qiymati qariyb 800 million yevroga 17 ta Airbus va ATR samolyotlarini sotib olish bo‘yicha shartnomalar imzolagan", – deya ta’kidlangan maqolada.

Kiritildi: 16:53 05.05.2025. O'qildi: 770 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!