Bugun 2 may, 2025 yil, juma

КИР

Davlat fuqarolik xizmatiga ishga qabul qilishda qonunbuzilish holatlari sabab 51 ta tanlov jarayoni to‘xtatildi

Davlat fuqarolik xizmatiga ishga qabul qilishda qonunbuzilish holatlari sabab 51 ta tanlov jarayoni to‘xtatildi

Bu haqda Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi (ARGOS) axborot xizmati ma’lum qildi.

Davlat xizmatchilarining huquqlarini himoya qilish va ular uchun shart-sharoitlar yaratish masalasida kompleks o‘rganishlar va 558 marotaba monitoring o‘tkazilgan. O‘rganish natijalari bo‘yicha 3 ming 828 qonunbuzilish aniqlanib, 492 taqdimnoma, 475 ogohlantirish xati kiritildi hamda 31 nafar aybdor shaxslarni ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan vakolatli organlarga taklif berilgan.

◾️ Ko‘rilgan choralar natijasida 430 nafar xodimning mehnatiga haq to‘lashga oid buzilgan huquqlari tiklandi, 66 noqonuniy buyruq (ishga qabul qilish to‘g‘risidagi) bekor qilindi. 24 nafar aybdor shaxs ma’muriy jarimaga tortildi, qonunbuzilish holatlari sabab 51 ta tanlov jarayoni to‘xtatilgan.

Shuningdek, Agentlik tomonidan “Raqamli davlat fuqarolik xizmati“ loyihasi doirasida quyidagi platformalar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan:

➖ hrm.argos.uz — davlat fuqarolik xizmati sohasida inson resurslarini boshqarish axborot tizimi;

➖ samaradorlik.uz — sektor rahbarlari faoliyati samaradorligini baholashning avtomatlashtirilgan axborot tizimi;

➖ zaxira.argos.uz — mahallalardagi hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari va xotin-qizlar faollari orasidan yuqori natijalarga erishgan nomzodlarni tanlab olish platformasi.

Kiritildi: 20:39 17.07.2023. O'qildi: 1644 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!