«Milan» va «Barselona» klublarining sobiq hujumchisi Zlatan Ibragimovich ayni paytda dunyoning eng kuchli futbolchisi sifatida kimni ko‘rishini ma’lum qildi.
Shvesiyalik sobiq futbolchi bloger KSI bilan suhbatda bu borada «Barselona» vingeri Lamin Yamalni tanladi.
«Lamin Yamal — eng yaxshi futbolchi», — dedi Ibragimovich.
Shundan so‘ng KSI undan «Arsenal» futbolchisi Bukayo Saka haqidagi fikrini so‘radi.
«Saka yaxshi futbolchi. Biroq Yamal haqida gapirganimizda, Mbappe va Xolandni ham tilga olamiz. Ular butunlay boshqa darajada», — deya javob qaytardi Zlatan.
Eslatib o‘tamiz, 19 yoshli Lamin Yamal 2026 yilgi «Oltin to‘p» uchun ovoz berish natijalariga ko‘ra uchinchi o‘rinni egalladi.
Ikkinchi o‘rin Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappega nasib etgan bo‘lsa, mukofotni «Bavariya» forvardi Garri Keyn qo‘lga kiritdi.