Bugun 11 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Zinedin Zidan Fransiyani boshqarishi mumkinligi haqidagi xabarlarga izoh berdi

Zinedin Zidan Fransiyani boshqarishi mumkinligi haqidagi xabarlarga izoh berdi

Afsonaviy Zinedin Zidan to‘rt yildan buyon murabbiylik lavozimida ishlamayapti. Mish-mishlarga ko‘ra, 2026 yilning yozida Zidan Fransiya terma jamoasini boshqarishi mumkin. Mutaxassisning o‘zi bu mavzuda izoh berdi.

"Fransiya terma jamoasida hozir murabbiy bor va biz uni va jamoani hurmat qilishimiz kerak. Men har doim futbol va odamlarni hurmat qilganman, shuning uchun hozir bunday suhbatlar uchun noqulay vaqt. Lekin vaqti kelib, shunday imkoniyat tug‘ilsa, juda xursand bo‘laman. Faoliyatimni bir muddat to‘xtatib qo‘ydim, lekin o‘zimni to‘liq murabbiy sifatida his qilyapman," - deya Zidanning so‘zlarini keltiradi Marca.

Avvalroq, Didye Desham 2026 yilgi jahon chempionatidan keyin Fransiya terma jamoasidagi murabbiylik lavozimini tark etishi ma’lum qilingandi. Desham 2012 yilning yozidan beri "uchranglilar"ni boshqaradi.

Kiritildi: 18:59 28.05.2025. O'qildi: 587 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!