Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Zidan shaxsiy samolyoti kutib turgan Mbappeni qo‘yib yubormadi

Zidan shaxsiy samolyoti kutib turgan Mbappeni qo‘yib yubormadi

Fransiya terma jamoasi sardori Kilian Mbappe joriy xalqaro tanaffus davrida milliy jamoa uchrashuvlarini o‘tkazib yuborishi mumkinligi haqida axborot tarqaldi.

El Chiringuito TV ma’lumotiga ko‘ra, hujumchining sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar uning «uch ranglilar» bosh murabbiyi Zinedin Zidan bilan munosabatlariga ham salbiy ta’sir ko‘rsatgan.

Manbaga ko‘ra, Mbappe tiklanish jarayonini davom ettirish uchun «Real» ixtiyoriga qaytishni rejalashtirgan. Ammo Zidan hujumchini jamoadan ketishiga ruxsat bermagan, garchi uni olib ketish uchun Parijga shaxsiy samolyot ham uchib kelgan bo‘lsa-da.

Ayrim manbalar jarohatga qaramay, Zidan Mbappening bo‘lajak uchrashuvda o‘yin oxirida bir necha daqiqa o‘ynash imkoniyatini berishi ehtimoli ham inkor etilmayapti.

Kiritildi: 16:03 13.11.2026. O'qildi: 746 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik