Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Zelenskiy: "Urush boshlanganidan buyon eng yirik asirlar almashinuviga tayyorgarlik ko‘ryapmiz"

Zelenskiy: "Urush boshlanganidan buyon eng yirik asirlar almashinuviga tayyorgarlik ko‘ryapmiz"

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSh prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff hamda Jared Kushner bilan Irlandiyada o‘tkazilgan muzokaralar yakunlari bo‘yicha urush boshlanganidan buyongi eng yirik asirlar almashinuviga tayyorgarlik ko‘rilayotganini ma’lum qildi.

Ukraina rahbari bu haqda shu hafta bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunlarini sarhisob qilar ekan, ijtimoiy tarmoqdagi sahifapsida yozgan.

«Biz Irlandiyada Stiv Uitkoff va Jared Kushner bilan shu hafta bo‘lib o‘tgan barcha muzokaralar natijalarini muhokama qilish uchun uchrashdik. Birinchi natija — gumanitar masala: asirlar ozod qilinadi va biz urush boshlanganidan buyongi eng yirik asirlar almashinuviga umid qilyapmiz», — dedi Zelenskiy.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ikkinchi natija diplomatik jarayonga Yevropa vakillarining yanada faol jalb etilishi bo‘ldi. Bu ularga muzokaralarda teng shartlar asosida ishtirok etish imkonini beradi.

«Ukraina doimo butun Yevropaning manfaatlarini himoya qiladi», — deya ta’kidladi prezident.

Zelenskiy, shuningdek, yangi ko‘p tomonlama uchrashuvlarga tayyorgarlik ko‘rilayotganini ma’lum qilib, diplomatik ishlar davom etishini qayd etdi.

«Ukrainani qo‘llab-quvvatlayotgan barchaga minnatdorchilik bildiraman. Stiv va Jaredga jadal muloqot uchun rahmat. Yevropa siyosiy hamjamiyati sammitini a’lo darajada tashkil etgani va bugungi muzokaralarimizni o‘tkazgani uchun Irlandiyaga minnatdorchilik bildiraman. Ukrainaga shon-sharaf!» — deya so‘zini yakunladi u.

Kiritildi: 10:10 13.11.2026. O'qildi: 573 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik