AQSh prezidenti Donald Tramp Gollivudning mashhur aktyori Robert De Nironi keskin tanqid qilib, uni haqoratladi.
«Robert De Niro ahmoqmi? Unda nimadir noto‘g‘ri. Ilgari uni biroz yoqtirardim, ammo hozir ekranda ko‘rishga ham toqatim yo‘q. U jirkanch», — dedi Tramp.
AQSh prezidenti mazkur fikrlarni 30 oktyabr kuni Florida shtatida o‘tkazilgan siyosiy mitingda bildirgan.