Bugun 1 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Qozog‘istonning taniqli bokschisi Shohjahon Ergashevni jangga chorladi

Qozog‘istonning taniqli bokschisi Shohjahon Ergashevni jangga chorladi

O‘zbekistonlik professional bokschi Shohjahon Ergashevning ringga qaytishi oldidan unga Qozog‘istondan chaqiriq kelib tushdi. Qozog‘istonlik Torexan Sabirxan hamyurtimiz bilan jang qilish istagini bildirdi.

IBA Nomad ligasi rasmiy Instagram sahifasida e’lon qilingan posterda Sabirxan Ergashev bilan to‘qnashishga tayyorligini ma’lum qilgan.

«Shou kerakmi? Men tayyorman», — dedi qozog‘istonlik bokschi.

Avvalroq professional faoliyatida 27 ta g‘alaba (24 tasi nokaut) va 2 ta mag‘lubiyat qayd etgan Shohjahon Ergashev dekabr oyi boshida Olmaotada o‘tkaziladigan IBA Nomad turnirida ringga qaytishini bildirgan edi.

O‘zbekistonlik bokschi mazkur musobaqada istalgan raqib bilan jang qilishga tayyorligini ta’kidlagan.

Kiritildi: 20:47 31.10.2026. O'qildi: 1036 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!