Eron oliy rahnamosi Mujtabo Xominaiy mamlakat qurolli kuchlariga har qanday tashqi tahdidga zudlik bilan va geografik cheklovlarsiz javob qaytarish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.
31 oktyabr kuni yuqori martabali harbiy qo‘mondonlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda Xominaiy mudofaa salohiyatini kuchaytirish, harbiy razvedka tizimini takomillashtirish va zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish zarurligini ta’kidladi.
«Dushman yana harbiy yoki terrorchilik hujumlarini boshlasa, ularning qachon va qanday shartlarda tugashini Eron qurolli kuchlari va xalqi hal qiladi», — dedi u.
Eron rahbari ehtimoliy harbiy nishonlar ro‘yxatini qayta ko‘rib chiqishni ham buyurdi. Uning ko‘rsatmasiga muvofiq, AQSh va Isroilning moddiy hamda nomoddiy aktivlari Eron qurolli kuchlari uchun ehtimoliy nishonlar qatoriga kiritilishi kerak.
Xominaiy harbiy to‘qnashuvlarning oldini olish uchun mamlakat doimiy jangovar shaylikni saqlashi zarurligini bildirdi.
Mazkur bayonot AQSh va Isroil bilan harbiy qarama-qarshilik qayta kuchayishi mumkinligi haqidagi xavotirlar fonida yangradi.