O‘zbekiston erkaklar shaxmat terma jamoasi Osiyo millatlar kubogidagi ishtirokini yirik g‘alaba bilan boshladi.
10 noyabr kuni BAAning Abu-Dabi shahrida start olgan Asian Nations Chess Cup 2026 musobaqasining birinchi turida shaxmatchilarimiz Falastin terma jamoasini 4:0 hisobida mag‘lub etdi.
Hamyurtlarimiz to‘rtala taxtada g‘alaba qozonib, dastlabki turda birorta ham ochko boy bermadi.
9 turdan iborat Osiyo millatlar kubogi 17 noyabrga qadar davom etadi.