Bugun 11 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Qirg‘izistonda prezidentlikka nomzodlar soni yetti nafarga yetdi

Qirg‘izistonda prezidentlikka nomzodlar soni yetti nafarga yetdi

Qirg‘izistonning amaldagi prezidenti Sadir Japarov bir sutkaga yetmas vaqt ichida mamlakat prezidentligi uchun saylovda ishtirok etishga zarur bo‘lgan 48 mingta imzoni to‘pladi.

Qirg‘iziston ommaviy axborot vositalari xabar berishicha, bu haqda mamlakat Markaziy saylov komissiyasi (MSK) ma’lum qilgan.

Japarov hozircha zarur miqdordagi imzolarni to‘plagan yagona nomzod hisoblanadi.

MSK ma’lumotiga ko‘ra, amaldagi prezident davlat rahbarligiga nomzodini ko‘rsatish to‘g‘risidagi arizani kecha topshirgan. Bugungi kunga qadar Markaziy saylov komissiyasiga oltita ariza kelib tushgan.

Siymik Japikeev 18,9 mingdan ortiq, Aymen Kasenov qariyb 15,9 ming, Isxak Masaliyev 11 ming, Azamat Esenbekov 8,6 ming va Akay Qidirov 5,1 mingta imzo to‘plagan.

Bundan tashqari, Jogorku Keneshning sobiq deputati Baktibek Kalmamatov ham saylovda ishtirok etish uchun hujjatlarini MSKga taqdim etgan.

Nomzodlarni ko‘rsatish muddati 13 noyabr kuni yakunlanadi. Bugungi holatga ko‘ra, davlat rahbarligi uchun yetti nafar nomzod da’vogarlik qilmoqda.

Kiritildi: Bugun 14:00. O'qildi: 871 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik