Bugun 11 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Abu-Dabida Ukraina, Rossiya va AQSh o‘rtasidagi muzokaralarning ikkinchi kuni yakunlandi

Abu-Dabida Ukraina, Rossiya va AQSh o‘rtasidagi muzokaralarning ikkinchi kuni yakunlandi

Abu-Dabida Rossiya-Ukraina mojarosini hal etish bo‘yicha Ukraina, Rossiya va AQSh vakillari o‘rtasidagi uch tomonlama muzokaralarning ikkinchi kuni yakunlandi.

Bu haqda Rossiya ommaviy axborot vositalari ma’lum qilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, uchrashuv ikki soatdan sal kamroq davom etgan.

Muzokaralar yakunlari bo‘yicha Rossiya tomoni matbuot uchun bayonot berishni rejalashtirgan. Shuningdek, uchrashuvning ehtimoliy natijalaridan biri harbiy asirlarning yangi almashinuvi bo‘lishi mumkinligi haqida xabar berilgan.

Kiritildi: Bugun 16:30. O'qildi: 737 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik