Abu-Dabi shahrida Rossiya-Ukraina mojarosini hal etish bo‘yicha Ukraina, Rossiya va AQSh vakillari o‘rtasidagi uch tomonlama muzokaralar ikkinchi kuni qayta davom etdi.
Bu haqda Ukraina Tashqi razvedka xizmati rahbari Rustem Umerov ma’lum qildi.
«Avval AQSh va Rossiya ishtirokida uch tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Shundan so‘ng Yevropa hamkorlarimiz bilan alohida uchrashuv o‘tkazamiz», — deb ta’kidlagan u.
Muzokaralarda Ukraina delegasiyasiga mamlakat prezidenti ofisi rahbari Kirill Budanov, Rossiya delegasiyasiga esa Rossiya prezidenti yordamchisi Vladimir Medinskiy boshchilik qilmoqda.
Qayd etish joizki, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Abu-Dabidagi uch tomonlama muzokaralarning birinchi kunini konstruktiv va mazmunan ancha samarali o‘tganini ta’kidlagan edi.