Bugun 7 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Zelenskiy: "Ukraina AQShdan avvalgi kelishuvlarda nazarda tutilgan 16 milliard dollarlik yordamni olmadi"

Zelenskiy: "Ukraina AQShdan avvalgi kelishuvlarda nazarda tutilgan 16 milliard dollarlik yordamni olmadi"

Ukraina avvalgi kelishuvlar va qabul qilingan qarorlarda nazarda tutilgan 16 milliard dollar miqdoridagi AQSh yordamini olmagan.

Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy TSN telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

«Avvalgi kelishuvlar va qarorlar doirasida 16 milliard dollarlik mablag‘ ajratilishi to‘xtatib qo‘yilgani, yana 16 milliard dollar esa umuman berilmagani masalasini ko‘tarishimiz kerak. Qanday bo‘lmasin, taqdim etilgan barcha yordam uchun minnatdormiz, biroq Ukraina kamida shu mablag‘lar uchun kurashishi kerak», — dedi u.

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev AQShdagi yangi siyosiy kuchlar bilan muloqotni tezda yo‘lga qo‘yishi, shu bilan birga Demokratik va Respublikachi partiyalarning ikki partiyaviy qo‘llab-quvvatlashini saqlab qolishi zarur.

«AQSh siyosatdagi kuchlar nisbati o‘zgarayotganini anglagan holda, muloqotni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishimiz kerak. Hozir AQShdan qo‘shimcha yordam olish imkoniyatlarimiz oshishi mumkin», — deya xulosa qildi Ukraina yetakchisi.

Eslatib o‘tamiz, AQShda oraliq saylovlar 2026 yil 3 noyabr kuni bo‘lib o‘tdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Demokratik partiya ishonchli g‘alabaga erishib, AQSh Kongressining har ikki palatasida — Vakillar palatasi va Senatda ko‘pchilik o‘rinni qo‘lga kiritgan hamda respublikachilarning qonun chiqaruvchi hokimiyat ustidan yakka nazoratini tugatgan.

Kiritildi: 09:05 06.11.2026. O'qildi: 488 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik