Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Zelenskiy Trampning tinchlik rejasini qayta yozishga harakat qilmoqda

Zelenskiy Trampning tinchlik rejasini qayta yozishga harakat qilmoqda

Zelenskiy Trampning tinchlik rejasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri rad etmasdan, Ukrainaga maqbul tarzda qayta yozishga harakat qilmoqda — WSJ

Gazetaning yozishicha, Zelenskiy o‘z xalqi ishonchini yo‘qotmagan holda Oq uyning taklifiga konstruktiv yondashmoqchi ekanini qayd etgan.

"Xususan, Zelenskiy Ukrainada saylov o‘tkazishga tayyor, ammo buning uchun avval o‘t ochishni to‘xtatish kerak. Ukraina prezidentining fikricha, keng ko‘lamli urushning ilk kunlarida egallab olingan Zaporijjya atom elektr stansiyasida Rossiyaning ma’lum bir ishtirokini saqlab qolinishiga rozi bo‘lish mumkin, ammo AES Ukraina va AQSh tomonidan nazorat qilinishi kerak. Zelenskiy, shuningdek, Ukraina armiyasidagi harbiylar soniga cheklov o‘rnatilishiga rozi, ammo bu chegara hozirgi darajada bo‘lishi kerak", deyiladi maqolada.

AQSh Donbassning Ukraina nazoratida qolayotgan qismini “erkin iqtisodiy zona” yoki “qurolsizlantirilgan hudud”ga aylantirishni taklif qilgan. AQSh rejasiga ko‘ra, Ukraina Donbassdan o‘z qo‘shinlarini olib chiqib ketadi, Rossiya harbiylari ham bu hududga kira olmaydi.

The Wall Street Journal manbasiga ko‘ra, Ukraina prezidenti bu taklifni butunlay rad etmagan va Vashingtondan to‘liqroq ma’lumot berishni so‘ragan. Zelenskiy agar Ukraina Donbassdan ketadigan bo‘lsa, Rossiya qurolli kuchlarining oldinga siljishiga yoki hududni nazorat qilish uchun fuqarolik niqobi ostida kirishga Moskvaga nima to‘sqinlik qilishi haqida savol qo‘ygan.

Kiritildi: 22:27 14.12.2025. O'qildi: 646 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!