Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Zelenskiy: "Starshield tizimidagi uzilishlar tufayli Ukraina Qurolli kuchlari Rossiyaning "Shahed" dronlarini tutib qola olmayapti"

Zelenskiy: "Starshield tizimidagi uzilishlar tufayli Ukraina Qurolli kuchlari Rossiyaning "Shahed" dronlarini tutib qola olmayapti"

Rossiya Qurolli kuchlari Ukrainaning energetika infratuzilmasiga ommaviy hujumlarni davom ettirmoqda. Starshield terminallari ishlash tezligining pasayishi tufayli Ukraina Qurolli kuchlari Rossiyaning «Shahed» dronlarini o‘z vaqtida tutib qolish imkoniyatidan mahrum bo‘lmoqda.

Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘zining Telegram kanalida ma’lum qilgan.

Shuningdek, u Rossiya bir hafta davomida Ukraina hududiga hujum qilish uchun minglab zarbali dronlar va aviabombalardan foydalanganini aytdi.

«Rossiya qo‘shinlari so‘nggi bir hafta ichida Ukrainaga 2300 dan ortiq dron, 1590 ta boshqariladigan aviabomba va turli rusumdagi 15 ta raketa bilan zarba berdi», — deb yozdi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya qo‘shinlari Zaporojye, Sumi, Odessa, Jitomir va Kirovograd viloyatlaridagi energetika infratuzilmasiga, shuningdek, Dnepropetrovsk va Xarkov viloyatlari hamda Zaporojyedagi temir yo‘l ob’ektlariga hujum qilgan. Bundan tashqari, Donesk va Kiyev viloyatlari ham o‘qqa tutilgan. Hujumlar oqibatida 16 kishi jabrlangan.

«Rossiyaliklar podstansiyalarni “Shahed” dronlari bilan nishonga olmoqda. Bunday zarbalarning ko‘pchiligi front chizig‘i bo‘ylab va Ukrainaning vaqtincha bosib olingan hududlarida Starshield terminallari ishlash tezligiga qo‘yilgan cheklovlar saqlanib qolayotgani sababli amalga oshmoqda», — dedi Zelenskiy.

Uning ta’kidlashicha, cheklovlar tufayli Ukraina dron-perexvatchiklari taxminan 161 km/soat tezlikda harakatlanayotganda operatorlar bilan aloqani yo‘qotmoqda va Rossiyaning «Shahed» turidagi reaktiv dronlarini samarali ta’qib qila olmayapti.

Ukraina rahbari amaldagi cheklovlar bekor qilinishidan umidvor ekanini bildirib, qish mavsumi boshlanishidan oldin aholi va mamlakat energetika infratuzilmasini himoya qilish bunga bog‘liq ekanini ta’kidladi.

«Tashqi ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi va Ukraina prezidenti ofisi jamoalariga AQSh tomoni hamda SpaceX bilan imkon qadar yaqin hamkorlikda ishlash bo‘yicha topshiriqlar berilgan», — dedi u.

Zelenskiy xalqaro hamkorlarni Kiyevni qo‘llab-quvvatlashda davom etishga ham chaqirdi.

Kiritildi: 17:10 15.11.2026. O'qildi: 561 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik