«Hozirgacha bu bo‘yicha aniq tushuntirish berilmadi», — dedi Zelenskiy selektor yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Ukraina Tashqi ishlar vazirligi va Mudofaa vazirligiga AQSh Davlat departamenti, Pentagon hamda SpaceX kompaniyasi bilan aloqalarni faollashtirish, vaziyatga oydinlik kiritish va muammoni bartaraf etish bo‘yicha topshiriq berilgan.
Tezlik cheklovlari tufayli Ukraina Qurolli kuchlari, jumladan, Rossiyaning reaktiv dronlarini tutib qolish imkoniyatidan mahrum bo‘lmoqda.
Zelenskiy Starshield tizimida tezlik bo‘yicha cheklovlar yana joriy etilgani haqida bir kun avval xabar bergan edi.
Bundan oldin, oktyabr oyi o‘rtasida ham AQSh hukumatining Ukrainaning Rossiya neftni qayta ishlash zavodlariga bergan zarbalariga nisbatan noroziligi fonida mamlakatda mazkur xizmat faoliyati sekinlashtirilgan edi.
Na Vashington, na SpaceX rahbari Ilon Mask tezlik cheklovlari uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan. Taxminan ikki hafta o‘tgach, Starshield tizimining tezligi qayta tiklangan edi.