Tinchlik muzokaralarini boshlash uchun Rossiya Ukrainaga zarba berishni to‘xtatishi kerak. Shundan so‘ng, urush tugaganidan keyin yechim izlash mumkin.
Bu haqda Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy kechki murojaatida aytib o‘tdi.
"Zarbalarni to‘xtatish, qotilliklarni to‘xtatish va shundan so‘ng muzokaralardan yechim izlash kerak. Biz suhbatning har qanday formatiga tayyormiz. Rossiya zarbalar va urushni to‘xtatishi kerak," - dedi u.
Shuningdek, u Lyuksemburg tashqi ishlar va mudofaa vazirlari bilan muzokaralar o‘tkazganini ma’lum qildi: "Avvalambor, biz Yevropadagi hamkorligimiz va qo‘llab-quvvatlashimiz haqida gaplashdik. Ukrainani qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman."
Shuningdek, Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, u Lyuksemburg vazirlari bilan diplomatiya, kamida 30 kun davomida o‘t ochishni to‘liq to‘xtatish zarurligi haqida gaplashgan.