Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Zelenskiy: "Rossiya Kiyevga eng katta ballistik hujumlardan birini amalga oshirdi"

Zelenskiy: "Rossiya Kiyevga eng katta ballistik hujumlardan birini amalga oshirdi"

Kecha kechqurun Rossiya Qurolli Kuchlari Kiyevga eng katta ballistik hujumlardan birini amalga oshirdi, 40 dan ortiq turli xil raketalar va 120 ta hujum dronlarini uchirdi.

Bu haqda Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy o‘zining Telegram-kanalida e’lon qildi.

"Hozirda poytaxt va Kiyev viloyatida bir kishi halok bo‘ldi va 16 kishi yaralandi. Odessa viloyati va Zaporojyeda ham qurbonlar, Sumi va Chernigov viloyatlarida esa zarar ko‘rildi. O‘qqa tutish oqibatlari uchta joyda davom etmoqda, qariyb 600 qutqaruvchi jalb qilingan", dedi u.

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, faqat shu hafta Rossiya kuchlari Ukrainaga qarshi taxminan 1450 ta hujum dronlari, 1640 dan ortiq boshqariladigan bombalar va 99 ta turli xil raketalardan foydalanib, Vinniska, Dnepropetrovsk, Donesk, Jitomir, Kirovograd, Nikolayev, Poltava, Xarkov, Xerson va Cherkassi viloyatlariga hujum qilishdi.

"Hozirda ballistik mudofaa eng muhim ustuvor vazifadir. Va ballistikaga qarshi imkoniyatlar ustida ishlash bilan bir qatorda, Rossiyaga bosim davom etishi juda muhim", deb ta’kidladi Ukraina prezidenti.

Kiritildi: 11:01 20.07.2026. O'qildi: 1761 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!