Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Zelenskiy Rossiya armiyasi qamal qilayotgan Kupyansk shahriga keldi

Zelenskiy Rossiya armiyasi qamal qilayotgan Kupyansk shahriga keldi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Telegram kanalida Xarkov viloyatining “Kupyansk” shahrida olingan videoni e’lon qildi.

"Bugun – Kupyansk yo‘nalishidaman, bu yerda jangchilarimiz Ukrainaga natija olib kelmoqda. Ko‘plab rossiyaliklar Kupyansk haqida gapirmoqda, biz esa kelib ko‘ryapmiz", — dedi Zelenskiy.

20 noyabrda Rossiya Bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimov prezident Vladimir Putinga Kupyansk Rossiya nazorati ostiga o‘tgani haqida hisobot bergandi. 2 dekabrda esa Gerasimov Putinga Rossiya harbiylari Kupyansk hududida qurshovda qolgan Ukraina harbiylari guruhini siquvga olayotganini ma’lum qilgandi.

“Meduza”ning so‘nggi harbiy sharhiga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlari yana Kupyanskni egallamoqchi bo‘lgan Rossiya armiyasiga muammolar yaratishga muvaffaq bo‘lgan.

Kiritildi: 21:46 12.12.2025. O'qildi: 1555 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!