Bugun 1 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Zelenskiy: "Putin bilan Turkiyada uchrashishga tayyorman"

Zelenskiy: "Putin bilan Turkiyada uchrashishga tayyorman"

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Turkiyada uchrashishga tayyor ekanini ma’lum qildi.

Ukraina yetakchisi bu haqda CNN Türk telekanaliga bergan intervyusida aytdi.

«Men Turkiya prezidenti [Rejep Tayyip] Erdog‘anning Putin bilan aloqalari borligini bilaman. Shu sababli biz Turkiyada uchrashuv o‘tkazishni qo‘llab-quvvatlaymiz. Ammo bu yerda juda muhim jihat bor. Siz aytganingizdek, Turkiyada allaqachon ko‘plab uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi, Birlashgan Arab Amirliklarida ham texnik guruhlar va delegasiyalar o‘rtasida muzokaralar o‘tkazildi. Turli natijalarga erishildi, ammo urush davom etmoqda», — dedi Ukraina prezidenti.

Uning ta’kidlashicha, agar yetakchilar uchrashuvidan keyin ham olg‘a siljish kuzatilmasa, savollar yanada ko‘payadi va bu holat diplomatiyaning mag‘lubiyati sifatida baholanadi.

«Chunki texnik guruhlar uchrashganda, natijaga erishishda qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin. Ammo men yetakchilar sifatida o‘z xohish-irodamizni namoyon etsak, hal qila olmaydigan muammo bor deb o‘ylamayman. Shu sababli men aynan qaror qabul qiluvchi shaxslar sifatida uchrashishni istayman», — deya qo‘shimcha qildi Zelenskiy.

Kiritildi: Bugun 16:41. O'qildi: 326 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!