Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Zelenskiy Konstantinovkada Putin bilan uchrashishga tayyorligini ma’lum qildi

Zelenskiy Konstantinovkada Putin bilan uchrashishga tayyorligini ma’lum qildi

Ukraina prezidenti Rossiya tomonining rus harbiylari Donesk oblastidagi Konstantinovka shahrini to‘liq egallagani to‘g‘risidagi bayonotini “yolg‘on” deb atadi.

"Bu shunchaki qandaydir yangilik tarqatishni xohlagan Rossiyaning navbatdagi yolg‘oni", – dedi Zelenskiy

Uning fikricha, Vladimir Putin AQShning Mustaqillik kuni arafasida prezident Donald Trampga frontdagi vaziyat haqida yolg‘on ma’lumot yetkazishni istagan.

"Modomiki, Konstantinovka hozir Rossiya nazoratida ekan, Putinda bu yerga kelib, men bilan uchrashishi va urushni nihoyat yakunlashida muammo bo‘lmasdi. Ammo u baribir chizig‘ini kesib o‘tmaydi: haqiqat Putinning so‘zlaridan jiddiy farqlanadi", – deya qo‘shimcha qidi Ukraina yetakchisi.

Kiritildi: 12:33 05.07.2026. O'qildi: 1471 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!