Bugun 3 fevral, 2026 yil, seshanba

КИР

Zelenskiy: Kiyev va Vashington o‘rtasida xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha hujjat tayyor

Zelenskiy: Kiyev va Vashington o‘rtasida xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha hujjat tayyor

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning aytishicha, AQSh bilan xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha ikki tomonlama hujjat tayyorlangan.

Ushbu bayonotni Zelenskiy 4-5 fevral kunlari AQSH, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi yangi uch tomonlama muzokaralar oldidan o‘zining muzokara guruhi bilan yig‘ilishdan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilgan.

"Ukrain delegasiyasi AQSh tomoni bilan ham ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi. Ukraina real qadamlarga tayyor. Biz munosib va uzoq muddatli tinchlikka erishish mumkin, deb hisoblaymiz. AQSh bilan xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha hujjat tayyor va biz tiklanish hamda iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha hujjatlar yuzasidan aniq ishlar kutmoqdamiz", — dedi Zelenskiy.

U deeskalasiya choralarining ahamiyatiga ham to‘xtalib, ular muzokara jarayoni va natijasiga odamlar ishonchini mustahkamlashiga yordam berishiga e’tibor qaratdi.

Kiritildi: 23:44 02.02.2026. O'qildi: 134 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!