AQSh prezidenti Donald Tramp o‘z ma’muriyati Eron bilan kelishuvga erisha olishiga umid bildirdi.
Amerika yetakchisi bu bayonotni Floridada jurnalistlar bilan suhbatda aytdi.
"Umid qilamanki, biz kelishuvga erisha olamiz", dedi u.
Shu bilan birga, prezident AQShning mintaqada "dunyodagi eng katta va eng kuchli kemalar" joylashtirilganini ta’kidladi.
Oq uy rahbari Kuba bilan bog‘liq vaziyatga ham to‘xtaldi: "Biz Kubadagi eng yuqori martabali odamlar bilan gaplashyapmiz. Menimcha, biz Kuba bilan kelishuvga erishamiz", deb qo‘shimcha qildi u, qanday kelishuvni nazarda tutganini aniq aytmasdan.