Bugun 2 fevral, 2026 yil, dushanba

КИР

Epshteyn Rossiya maxsus xizmatlari uchun ishlaganmi?

Epshteyn Rossiya maxsus xizmatlari uchun ishlaganmi?

Epshteyn Rossiya maxsus xizmatlari uchun ishlab, jahon elitalari vakillari haqida kompromat to‘plagan bo‘lishi mumkin, deb yozmoqda The Daily Mail.

Gazetaning manbalarga tayanib xabar berishicha, Jeffri Epshteyn Moskvaning keng ko‘lamli maxsus operasiyasining bir qismi bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

"Epshteyn Rossiyadan Qo‘shma Shtatlarga yosh ayollarni olib borib, siyosatchilar, milliarderlar va qirollik oilalari vakillari uchun “tuzoq" tashkillashtirgan, keyinchalik fotosuratlar va videolar AQSh Federal xavfsizlik xizmati qo‘liga o‘tgan", deb yozmoqda The Daily Mail.

Yangi e’lon qilingan “Epshteyn fayllari”da Rossiya bilan bog‘liq minglab eslatmalar mavjud. Unda Vladimir Putinning ismi mingdan ortiq marta, Moskva esa deyarli o‘n ming marta tilga olingan. Daily Mail ma’lumotlariga ko‘ra, Epshteyn 2008 yilgi hukmdan keyin ham Kremlga bevosita kirish huquqiga ega ekanini faxr bilan yozgan.

2010 yilda yozilgan bir xatda u 2011 yilda Putin bilan uchrashuvlar rejalashtirilgani haqida aytib o‘tgan. Biroq bunday uchrashuvlar haqiqatan bo‘lib o‘tganini tasdiqlovchi ma’lumotlar mavjud emas.

Bill Geyts, Donald Tramp, Bill Klinton, Britaniya shahzodasi Endryu va boshqalar kuzatuv texnologiyalari bilan jihozlangan orolda obro‘sizlantiruvchi vaziyatlarga solingan.

Kiritildi: Bugun 13:35. O'qildi: 590 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!