Tramp Kanada, Grenlandiya va Venesuela AQSh tarkibiga qo‘shilishi mumkinligi haqida hazil qildi , deb yozmoqda The Washington Post.
Gazeta manbalariga ko‘ra, AQSh prezidenti bu haqda shanba kuni Alfalafa klubining yopiq kechki ovqatida aytib o‘tgan.
The Washington Post'ning yozishicha, AQSh yetakchisining ba’zi hazillari auditoriyada kutilgan ta’sirni bermagani sababli zal bir necha bor jim bo‘lib qolgan.
Tramp hazil tariqasida, Grenladiyaga bostirib kirish rejasi yo‘qligini, aksincha uni sotib olmoqchi ekanini aytgan.
"Men hech qachon Grenlandiyani AQSh tarkibidagi 51-shtat qilish niyatida bo‘lmaganman. Aksincha Kanadani 51-shtatga aylantirmoqchiman. Grenlandiya 52-shtat bo‘ladi. Venesuela esa 53-shatat bo‘lishi mumkin", — degan prezident.