Bugun 2 fevral, 2026 yil, dushanba

КИР

Tojikiston chegarasida otishma — Afg‘oniston rasmiylari izoh berdi

Tojikiston chegarasida otishma — Afg‘oniston rasmiylari izoh berdi

Afg‘oniston tomoni mahalliy kontrabandachilarning qo‘shni Tojikiston hududiga o‘tishiga yo‘l qo‘ymaslik choralari ko‘rilayotganini ma’lum qildi. Bu haqda Sputnik Tojikiston Afg‘oniston rasmiysi Zabiulla Mujohidning TOLO Newsga bergan izohiga tayanib xabar berdi.

"Afg‘oniston chegara masalalarini hal qilish va kontrabandaning oldini olish uchun sa’y-harakatlarni amalga oshirmoqda. Yillar davomida ushbu chegara kontrabandachilar tomonidan turli yo‘llar bilan ishlatilgan. Bizning kuchlarimiz mavjud muammolardan xabardor bo‘lsa-da, chegara zonasi juda keng va ba’zida kontrabandachilar bundan foydalanadi", - dedi rasmiy.

Shuningdek, uning so‘zlariga ko‘ra, ikki tomon chegara kuchlari o‘rtasida muvofiqlashtirish yo‘lga qo‘yilgan

30 yanvar kuni Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi Tojikiston chegara qo‘shinlari Afg‘onistondan noqonuniy o‘tishga uringan guruhni to‘xtatdi. Hodisa Shamsiddin Shohin tumanidagi “Bahorak” zastavasi hududida qayd etilgan — besh nafar shaxs chegarani kesib o‘tgan, ularning harakat yo‘nalishi zudlik bilan aniqlangan.

Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, bu so‘nggi bir oy ichida chegarada qayd etilgan shunga o‘xshash holatlarning beshinchisi. 18 yanvarga o‘tar kechasi esa chegarachilar va qurollangan shaxslar o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘lib, to‘rt nafar hujumchi yo‘q qilingan.

Kiritildi: Bugun 13:25. O'qildi: 668 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!