Qo‘shma Shtatlar prezidenti bu haqda Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida e’lon qildi.
Ushbu xabar Gremmi mukofotining bir qator nomzodlari ICE'ning migrasiya siyosati va harakatlari haqida salbiy fikr bildirganidan va boshlovchi Trevor Noa Donald Tramp va Bill Klinton Epshteynning orolida vaqt o‘tkazganini aytganidan keyin paydo bo‘ldi.
Tramp postida Klinton haqida biror nima deya olmasligini, lekin o‘zi bunday orolda umuman bo‘lmaganini bildirgan.
Shuningdek, AQSh yetakchisi boshlovchi Trevor Noani aytgan gaplari uchun sudga berishini ma’lum qildi.