Tramp BMT shtab-kvartirasining Nyu-Yorkdan ko‘chirilishiga qarshiligini hamda tashkilotning moliyaviy muammolarini hal qilishda yordam berishini bildirdi.
Qo‘shma Shtatlar prezidenti Politico'ga bergan intervyusida BMTning AQShda imkoniyatlari kengroq ekanligini ta’kidladi.
Shuningdek, Tramp tashkilot a’zolarini badallar bo‘yicha qarzlarni to‘lashga majburlash orqali BMTning moliyaviy muammolarini hal qila olishini aytdi.
Avvalroq BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish mablag‘ yetishmasligi sababli ish ko‘lamini qisqartirishi, hatto Nyu-Yorkdagi shtab-kvartirasini yopishi mumkinligi haqida ma’lum qilgan edi.