Bugun 2 fevral, 2026 yil, dushanba

КИР

Toshkentda bank bo‘limi boshlig‘i $120 ming kredit pullarini qimorga tikib yubordi

Toshkentda bank bo‘limi boshlig‘i $120 ming kredit pullarini qimorga tikib yubordi

Toshkent shahrida 120 ming AQSh dollarini internet tarmoqlaridagi qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinga tikib, talon-toroj qilgan shaxslar fosh etildi. Bu haqida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Unda aytilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tumani bo‘limi tomonidan tijorat bankining murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Aniqlanishicha, Yashnobod bank filialida bo‘lim boshlig‘i vazifasida ishlovchi fuqaro E.N. «A.» MCHJ mas’ul shaxslari va boshqalar bilan o‘zaro til biriktirib, «B.B.» MCHJga 120 ming AQSh dollari kredit ajratilishiga erishgan

Keyinchalik soxta hujjatlarni rasmiylashtirish orqali kredit mablag‘ini naqdlashtirib olib, 120 ming AQSh dollarini internet tarmoqlaridagi qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarga ishlatib, talon-toroj qilganliklari fosh qilingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.

Kiritildi: Bugun 16:05. O'qildi: 651 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!