Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Zelenskiy jamoasi Zalujniyni saylovlarda qatnashmaslikka ko‘ndirmoqchi bo‘ldi, u esa rozi bo‘lmadi – "Ukrainskaya pravda"

Zelenskiy jamoasi Zalujniyni saylovlarda qatnashmaslikka ko‘ndirmoqchi bo‘ldi, u esa rozi bo‘lmadi – "Ukrainskaya pravda"

Volodimir Zelenskiy Kiyevda yopiq uchrashuv o‘tkazdi, unda 2026 yil kuzida prezidentlik saylovlarini o‘tkazish imkoniyati muhokama qilindi, deb yozadi "Ukrainskaya pravda" o‘z manbalariga tayanib.

Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, uchrashuvga Ukrainaning Britaniyadagi elchisi lavozimida ishlayotgan Qurolli kuchlar sobiq bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniyni Britaniya bosh vaziri Kir Starmerning iste’fosini muhokama qilish bahonasi bilan Londonga maxsus chaqirtirishgan.

Jurnalistlarning xabar berishicha, uchrashuvda Ukraina prezidenti ofisi rahbari Kirill Budanov, uning o‘rinbosari Oleg Tatarov, "Sluga naroda" fraksiyasi yetakchisi David Araxamiya, mudofaa vaziri Mixail Fedorov va Milliy xavfsizlik xizmati kotibi Rustem Umerov ham ishtirok etgan.

Nashr manbalarining so‘zlariga ko‘ra, Zelenskiy jamoasi Zalujniyni bo‘lajak saylovlarda ishtirok etmaslikka ko‘ndirishga uringan, bunga fakt sifatida ehtimoliy ijtimoiy parokandalik, o‘ta ziddiyatli kampaniya xavfi va davlat uchun tavakkalchiliklarni keltirgan.

Nashrning yozishicha, uchrashuv chog‘ida prezident sobiq bosh qo‘mondondan agar saylovlar kuzda bo‘lib o‘tsa, u o‘z nomzodini qo‘yish-qo‘ymasligi haqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri savol so‘ragan, bunga u shunday javob bergan: "Ha. Qo‘yaman", – degan u.

"Ukrainskaya pravda" manbalariga ko‘ra, Zelenskiy Zalujniy bilan deyarli har qanday davlat lavozimini muhokama qilishga tayyor bo‘lgan, ammo bu javobdan keyin unga boshqa hech narsa taklif qilmagan.

Uchrashuvda, prezident ofisi buyurtmasiga binoan ukrainalik sosiologik kompaniyalardan biri tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma ma’lumotlari ham keltirilgan. Ushbu so‘rovnomaga ko‘ra, Zelenskiy hozirda 34% qo‘llovga ega, Zalujniy – 28%, Budanov esa – 12%.

Kiritildi: 18:32 01.07.2026. O'qildi: 1412 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!